عَنْ أَبِي نَجِيحٍ الْعِرْبَاضِ بْنِ سَارِيَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: "وَعَظَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم مَوْعِظَةً وَجِلَتْ مِنْهَا الْقُلُوبُ، وَذَرَفَتْ مِنْهَا الْعُيُونُ، فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللَّهِ! كَأَنَّهَا مَوْعِظَةُ مُوَدِّعٍ فَأَوْصِنَا، قَالَ: أُوصِيكُمْ بِتَقْوَى اللَّهِ، وَالسَّمْعِ وَالطَّاعَةِ وَإِنْ تَأَمَّرَ عَلَيْكُمْ عَبْدٌ، فَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ فَسَيَرَى اخْتِلَافًا كَثِيرًا، فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الرَّاشِدِينَ الْمَهْدِيينَ، عَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ، وَإِيَّاكُمْ وَمُحْدَثَاتِ الْأُمُورِ؛ فَإِنَّ كُلَّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ".
[رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ]، وَاَلتِّرْمِذِيُّ [رقم:266] وَقَالَ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.
Abu Najih al-Irboz ibn Soriya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bizga shunday vaʼz qildilarki, undan qalblar qoʻrqib, koʻzlardan yosh oqdi. Biz: ‹Yo Rasululloh, bu goʻyo (bir) xayrlashuvchining vaʼziga oʻxshaydi, bas, bizga vasiyat qiling›, dedik. U zot: ‹Sizlarni Allohdan qoʻrqishga (taqvoga), boshliqlaringiz bir qul boʻlsa ham, (uni) eshitib, itoat qilishga vasiyat qilaman. Zero, orangizdan kim (uzoq) yashasa, koʻp ixtiloflarni koʻradi. Bas, mening sunnatimni va toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyat topgan xalifalarning sunnatini lozim tutinglar, unga tishlaringiz bilan (mahkam) yopishinglar. (Dinda) yangi paydo qilingan ishlardan saqlaninglar; zero, har bir bidʼat — zalolatdir›, dedilar». Buni Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziy: «hadis hasan sahihdir», degan.