عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم " لَا تَحَاسَدُوا، وَلَا تَنَاجَشُوا، وَلَا تَبَاغَضُوا، وَلَا تَدَابَرُوا، وَلَا يَبِعْ بَعْضُكُمْ عَلَى بَيْعِ بَعْضٍ، وَكُونُوا عِبَادَ اللَّهِ إخْوَانًا، الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ، وَلَا يَكْذِبُهُ، وَلَا يَحْقِرُهُ، التَّقْوَى هَاهُنَا، وَيُشِيرُ إلَى صَدْرِهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، بِحَسْبِ امْرِئٍ مِنْ الشَّرِّ أَنْ يَحْقِرَ أَخَاهُ الْمُسْلِمَ، كُلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ: دَمُهُ وَمَالُهُ وَعِرْضُهُ" . [رَوَاهُ مُسْلِمٌ].
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir-biringizga hasad qilmanglar, (narxni oshirish uchun sotib olmoqchidek) najsh qilmanglar, bir-biringizni yomon koʻrmanglar, bir-biringizga orqa oʻgirmanglar, biringiz biringizning savdosi ustiga savdo qilmang. Ey Allohning bandalari, oʻzaro birodar boʻlinglar! Musulmon musulmonning birodaridir: unga zulm qilmaydi, uni (xor qilib) tashlab qoʻymaydi, unga yolgʻon gapirmaydi va uni haqir sanamaydi. Taqvo mana shu yerda», deb koʻksiga uch marta ishora qildilar. «Kishining yomon boʻlishiga musulmon birodarini haqir sanashining oʻzi kifoya. Har bir musulmonning musulmonga (tegishlisi) haromdir: uning qoni, moli va obroʻsi», dedilar. Buni Muslim rivoyat qilgan.