عَنْ ابْن عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: أَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم بِمَنْكِبِي، وَقَالَ: "كُنْ فِي الدُّنْيَا كَأَنَّك غَرِيبٌ أَوْ عَابِرُ سَبِيلٍ". وَكَانَ ابْنُ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا يَقُولُ: إذَا أَمْسَيْتَ فَلَا تَنْتَظِرْ الصَّبَاحَ، وَإِذَا أَصْبَحْتَ فَلَا تَنْتَظِرْ الْمَسَاءَ، وَخُذْ مِنْ صِحَّتِك لِمَرَضِك، وَمِنْ حَيَاتِك لِمَوْتِك. [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ].
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ yelkamdan ushlab: «Dunyoda goʻyo bir gʻarib (musofir) yoki yoʻlovchidek boʻl», dedilar. Ibn Umar (roziyallohu anhumo) shunday der edi: «Tunga kirsang, tongni kutma; tongga chiqsang, kechni kutma. Sogʻligʻingdan kasalliging uchun, hayotingdan oʻliming uchun (bahra) olib qol». Buni Buxoriy rivoyat qilgan.