عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْت رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم يَقُولُ: قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: "يَا ابْنَ آدَمَ! إِنَّكَ مَا دَعَوْتنِي وَرَجَوْتنِي غَفَرْتُ لَك عَلَى مَا كَانَ مِنْك وَلَا أُبَالِي، يَا ابْنَ آدَمَ! لَوْ بَلَغَتْ ذُنُوبُك عَنَانَ السَّمَاءِ ثُمَّ اسْتَغْفَرْتنِي غَفَرْتُ لَك، يَا ابْنَ آدَمَ! إنَّك لَوْ أتَيْتنِي بِقُرَابِ الْأَرْضِ خَطَايَا ثُمَّ لَقِيتنِي لَا تُشْرِكُ بِي شَيْئًا لَأَتَيْتُك بِقُرَابِهَا مَغْفِرَةً" . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ [رقم:3540]، وَقَالَ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo aytdi: ‹Ey Odam farzandi! Sen Menga duo qilib, Mendan umidvor boʻlib turar ekansan, senda boʻlgan (gunoh)laringni kechiraman va parvo qilmayman. Ey Odam farzandi! Agar gunohlaring osmon (bulutlari)ga yetadigan boʻlsa-yu, soʻng Mendan magʻfirat soʻrasang, seni kechiraman. Ey Odam farzandi! Agar sen Menga yer toʻlasicha xato-gunoh bilan kelsang-u, soʻng Menga hech narsani sherik qilmagan holda roʻbaroʻ boʻlsang, Men (ham) senga yer toʻlasicha magʻfirat bilan kelaman›», dedilar. Buni Termiziy rivoyat qilgan va: «hadis hasan sahihdir», degan.