عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : "يَقُولُ اللَّهُ تَعَالَى: أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي، وَأَنَا مَعَهُ إِذَا ذَكَرَنِي، فَإِنْ ذَكَرَنِي فِي نَفْسِهِ، ذَكَرْتُهُ فِي نَفْسِي، وَإِنْ ذَكَرَنِي فِي مَلَإٍ، ذَكَرْتُهُ فِي مَلَإٍ خَيْرٍ مِنْهُمْ، وَإِنْ تَقَرَّبَ إِلَيَّ بِشِبْرٍ، تَقَرَّبْتُ إِلَيْهِ ذِرَاعًا، وَإِنْ تَقَرَّبَ إِلَيَّ ذِرَاعًا، تَقَرَّبْتُ إِلَيْهِ بَاعًا(1) وَإِنْ أَتَانِي يَمْشِي، أَتَيْتُهُ هَرْوَلَةً" رواه البخاري (وكذلك مسلم والترمذي وابن ماجه)
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Alloh taolo aytdi: ‹Men bandamning Men haqimdagi gumoni (oʻyi) qoshidaman, va u Meni zikr qilganida, Men u bilan birgaman. Agar u Meni oʻz ichida zikr qilsa, Men uni Oʻz ichimda zikr qilaman; agar u Meni bir jamoat ichida zikr qilsa, Men uni ulardan yaxshiroq jamoat ichida zikr qilaman. Agar u Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir tirsak yaqinlashaman; agar u Menga bir tirsak yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar u Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman›», dedilar. Buni Buxoriy (shuningdek Muslim, Termiziy va Ibn Moja) rivoyat qilgan.