عَنْ أَبي أُمامةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَن النَّبِيّ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ قَالَ قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ : إِنَّ أَغْبَطَ أَوْلِيَائي عِنْدِي لَمُوْمِنُ خَفِيفُ الخَاذِ ذُو حَظِّ مِنَ الصَّلاةِ أَحْسَنَ عِبَادَتَ رَبِّهِ وَ أَطَاعَهُ فِي السَّرِّ وَ كَانَ غَامِضًا فِي النَّاسِ لا يُشارُ إِلَيْهِ بِالأَصابِعِ وَ كَانَ رِزْقُهُ كفافًا فَصَبَرَ عَلى ذَلِكَ ثُمَّ نَفَضَ بِيَدِهِ ثُمَّ قَالَ : عُجِّلَتْ مَنِيَّتُهُ قَلَّتْ بَواكِيهِ قَلَّ تُرَاثُهُ رواه الترمذي (وكذالك أحمد و ابن ماجه) وإسنَاده حسن
Abu Umama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Nabiy ﷺ dedilar: Alloh azza va jalla aytdi: «Mening huzurimda avliyolarimning eng havas qilingulisi (eng maqbuli) — moli yengil (kambagʻal), namozdan nasibador, Robbisiga ibodatni chiroyli qilgan, Unga yashirincha itoat etgan, odamlar orasida koʻzga tashlanmaydigan, barmoqlar bilan (koʻrsatib) ishora qilinmaydigan, rizqi (kuniga) yetarlicha boʻlgan va shunga sabr qilgan moʻmin bandadir». Soʻng (Nabiy ﷺ) qoʻllarini qoqib: «Uning ajali tez keldi, yigʻlovchilari oz boʻldi, merosi oz boʻldi», dedilar. Buni Termiziy rivoyat qilgan (shuningdek Ahmad va Ibn Moja), sanadi hasandir.