عَنْ أَبي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ قَالَ يَتنزَّلُ رَبُّنَا ، تَبَارَكَ وَتَعَالَى ، كُلَّ لَيْلَةٍ إلي سَمَاءِ الدُّنْيا ، حينَ يَبْقَى ثُلُثُ اللَّيْلِ الاخِرُ ، فَيَقُولُ مَنْ يَدْعُوني فأَسْتَجِيبَ لَه ؟ مَنْ يَسْأَلُني فَأُعْطِيَهُ ؟ مَنْ يَسْتَغْفِرُني فَأَغْفِرَلَهُ ؟ رواه البخاري (وكذلك مسلم ومالك والترمذي و أبو داود) وفي رواية لمسلم زيادة: فَلا يَزالُ كذَلِك حَتَى يُضِيءَ الفَجْرُ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: «Robbimiz tabaraka va taolo har kecha, kechaning oxirgi uchdan biri qolganda, dunyo osmoniga tushadi va: ‹Menga kim duo qiladi — Men uning (duosini) ijobat qilaman? Mendan kim soʻraydi — Men unga beraman? Mendan kim magʻfirat soʻraydi — Men uni kechiraman?› deydi». Buni Buxoriy rivoyat qilgan (shuningdek Muslim, Molik, Termiziy va Abu Dovud). Muslimning rivoyatida (quyidagi) ziyoda bor: «Toki tong yorishguncha shunday davom etadi».