عَنْ أَبي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ : قَالَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ قَالَ اللهُ أَعْدَدْتُ لِعِبَادي الصَّالِحِينَ مَا لَا عَيْنٌ رَأَت وَ لَا أُذُنٌ سَمِعَتْ وَلَا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بَشَرٍ فاقْرأُوا إنْ شِئْتُمْ : فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ رواه البخاري و مسلم والترمذي وابن ماجه
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: Alloh aytdi: «Men solih bandalarim uchun hech bir koʻz koʻrmagan, hech bir quloq eshitmagan va hech bir inson qalbiga kelmagan (neʼmat)larni tayyorlab qoʻydim». Xohlasangiz, (ushbu oyatni) oʻqinglar: {Bas, hech bir jon ular uchun koʻzlar quvonchidan nimalar yashirib qoʻyilganini bilmas} (Sajda 17). Buni Buxoriy, Muslim, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan.