حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمِ بْنِ صُبَيْحٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ خَرَجَ النَّبِيُّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ لِبَعْضِ حَاجَتِهِ فَلَمَّا رَجَعَ تَلَقَّيْتُهُ بِالإِدَاوَةِ فَصَبَبْتُ عَلَيْهِ فَغَسَلَ يَدَيْهِ ثُمَّ غَسَلَ وَجْهَهُ ثُمَّ ذَهَبَ يَغْسِلُ ذِرَاعَيْهِ فَضَاقَتِ الْجُبَّةُ فَأَخْرَجَهُمَا مِنْ تَحْتِ الْجُبَّةِ فَغَسَلَهُمَا وَمَسَحَ عَلَى خُفَّيْهِ ثُمَّ صَلَّى بِنَا .
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ hojatlari uchun chiqib ketdilar. Qaytib kelganlarida men u zotni mesh bilan kutib olib, suv quydim. U zot qoʻllarini yuvdilar, soʻng yuzlarini yuvdilar, soʻngra bilaklarini yuvmoqchi boʻldilar, ammo jubbaning yengi tor edi, shuning uchun qoʻllarini jubba tagidan chiqarib yuvdilar va maxsilariga mash tortdilar, soʻng bizga imom boʻlib namoz oʻqidilar», dedi.