حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، وَعَبْدُ الأَعْلَى، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي عَرُوبَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ أُمَّ سُلَيْمٍ، سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ عَنِ الْمَرْأَةِ تَرَى فِي مَنَامِهَا مَا يَرَى الرَّجُلُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " إِذَا رَأَتْ ذَلِكَ فَأَنْزَلَتْ فَعَلَيْهَا الْغُسْلُ " . فَقَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيَكُونُ هَذَا قَالَ " نَعَمْ مَاءُ الرَّجُلِ غَلِيظٌ أَبْيَضُ وَمَاءُ الْمَرْأَةِ رَقِيقٌ أَصْفَرُ فَأَيُّهُمَا سَبَقَ أَوْ عَلاَ أَشْبَهَهُ الْوَلَدُ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umm Sulaym Rasululloh ﷺdan tushida erkak koʻradigan narsani koʻradigan ayol haqida soʻradi. Rasululloh ﷺ: «Agar u shuni koʻrsa va (suv) chiqarsa, unga gʻusl (vojib) boʻladi», dedilar. Shunda Umm Salama: «Yo Rasululloh, bunday ham boʻladimi?» dedi. U zot: «Ha, erkakning suvi quyuq va oq, ayolning suvi esa suyuq va sariqdir. Bas, ularning qaysi biri (ikkinchisidan) oldin oʻtsa yoki ustun kelsa, farzand oʻshanga oʻxshaydi», dedilar.