حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ أَبِي الرِّجَالِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمْرَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ أَقْسَمَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ أَنْ لاَ يَدْخُلَ عَلَى نِسَائِهِ شَهْرًا فَمَكَثَ تِسْعَةً وَعِشْرِينَ يَوْمًا حَتَّى إِذَا كَانَ مَسَاءَ ثَلاَثِينَ دَخَلَ عَلَىَّ فَقُلْتُ إِنَّكَ أَقْسَمْتَ أَنْ لاَ تَدْخُلَ عَلَيْنَا شَهْرًا . فَقَالَ " شَهْرٌ هَكَذَا " . يُرْسِلُ أَصَابِعَهُ فِيهَا ثَلاَثَ مَرَّاتٍ " وَشَهْرٌ هَكَذَا " . وَأَرْسَلَ أَصَابِعَهُ كُلَّهَا وَأَمْسَكَ إِصْبَعًا وَاحِدًا فِي الثَّالِثَةِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir oy davomida ayollarining oldiga kirmaslikka qasam ichdilar. Yigirma toʻqqiz kun turib, oʻttizinchi kunning kechasi boʻlganda mening oldimga kirdilar. Men: «Siz bir oy davomida bizning oldimizga kirmaslikka qasam ichgan edingiz», dedim. U zot: «Oy mana bunday boʻladi», deb barmoqlarini uch marta yoydilar, «yana oy mana bunday ham boʻladi», deb barmoqlarining hammasini yoyib, uchinchisida bitta barmoqlarini yigʻib qoldilar.