حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ نُمَيْرٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ حَسَّانَ، عَنْ حَفْصَةَ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " لاَ تُحِدُّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلاَثٍ إِلاَّ الْمَرْأَةُ تُحِدُّ عَلَى زَوْجِهَا أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا وَلاَ تَلْبَسُ ثَوْبًا مَصْبُوغًا إِلاَّ ثَوْبَ عَصْبٍ وَلاَ تَكْتَحِلُ وَلاَ تَطَيَّبُ إِلاَّ عِنْدَ أَدْنَى طُهْرِهَا بِنُبْذَةٍ مِنْ قُسْطٍ وَأَظْفَارٍ " .
Ummu Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Hech bir marhum uchun uch kundan ortiq motam tutilmaydi. Faqat ayol eri uchun toʻrt oyu oʻn kun motam tutadi. U boʻyalgan kiyim kiymaydi, faqat asb matosidan boʻlgan kiyimni kiyishi mumkin. Surma tortmaydi va xushboʻylik surtmaydi, faqat hayzdan poklangan chogʻida ozgina qust va azfor ishlatishi mumkin», dedilar.