حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، وَحُمَيْدٍ، وَثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ غَلاَ السِّعْرُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ قَدْ غَلاَ السِّعْرُ فَسَعِّرْ لَنَا . فَقَالَ " إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ الْقَابِضُ الْبَاسِطُ الرَّازِقُ إِنِّي لأَرْجُو أَنْ أَلْقَى رَبِّي وَلَيْسَ أَحَدٌ يَطْلُبُنِي بِمَظْلَمَةٍ فِي دَمٍ وَلاَ مَالٍ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonlarida narx-navo koʻtarilib ketdi. Shunda odamlar: «Ey Rasululloh, narx koʻtarilib ketdi, bizga narx belgilab bering», dedilar. U zot ﷺ: «Albatta, narx belgilovchi, siquvchi, kengaytiruvchi, rizq beruvchi Allohning Oʻzidir. Men Robbimga qon yoki mol borasidagi biror zulm uchun hech kim mendan (haq) talab qilmaydigan holda roʻbaroʻ boʻlishni umid qilaman», dedilar.