حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ مُعَاذٍ الضَّرِيرُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، مَوْلَى آلِ الزُّبَيْرِ عَنْ سَالِمِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " مَنْ قَالَ حِينَ يَدْخُلُ السُّوقَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ حَىٌّ لاَ يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ كُلُّهُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ - كَتَبَ اللَّهُ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ حَسَنَةٍ وَمَحَا عَنْهُ أَلْفَ أَلْفِ سَيِّئَةٍ وَبَنَى لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bozorga kirar chogʻida: ‹Laa ilaaha illalloohu vahdahu laa shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamdu, yuhyiy va yumiytu, va huva hayyun laa yamuutu, biyadihil-xayru kulluh, va huva alaa kulli shayʼin qadiyr› (Yolgʻiz Allohdan boshqa iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Uniki va hamd Uniki, U tiriltiradi va oʻldiradi, U tirikdir, oʻlmaydi, barcha yaxshilik Uning qoʻlida va U har narsaga qodirdir), desa, Alloh unga ming ming savob yozadi, undan ming ming gunohni oʻchiradi va unga jannatda bir uy quradi», dedilar.