حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رُمْحٍ، أَنْبَأَنَا اللَّيْثُ بْنُ سَعْدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَوْسِ بْنِ الْحَدَثَانِ، قَالَ أَقْبَلْتُ أَقُولُ مَنْ يَصْطَرِفُ الدَّرَاهِمَ فَقَالَ طَلْحَةُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ وَهُوَ عِنْدَ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ أَرِنَا ذَهَبَكَ ثُمَّ ائْتِنَا إِذَا جَاءَ خَازِنُنَا نُعْطِكَ وَرِقَكَ . فَقَالَ عُمَرُ كَلاَّ وَاللَّهِ لَتُعْطِيَنَّهُ وَرِقَهُ أَوْ لَتَرُدَّنَّ إِلَيْهِ ذَهَبَهُ فَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " الْوَرِقُ بِالذَّهَبِ رِبًا إِلاَّ هَاءَ وَهَاءَ " .
Molik ibn Avs ibn al-Hadason (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men: «Kim dirhamlarni almashtiradi?» deb kelayotgan edim. Shunda Umar ibn al-Xattobning yonida boʻlgan Talha ibn Ubaydulloh: «Oltiningni bizga koʻrsat, soʻng gʻaznachimiz kelganda oldimizga kel, kumushingni beramiz», dedi. Umar: «Yoʻq, Allohga qasamki, unga kumushini (hozir) berasan yoki oltinini oʻziga qaytarasan, chunki Rasululloh ﷺ: ‹Kumushni oltinga sotish qoʻlma-qoʻl boʻlmasa ribodir›, deganlar», dedi.