حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أُمِّ سَلَمَةَ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، قَالَتْ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّكُمْ تَخْتَصِمُونَ إِلَىَّ وَإِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ وَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَنْ يَكُونَ أَلْحَنَ بِحُجَّتِهِ مِنْ بَعْضٍ وَإِنَّمَا أَقْضِي بَيْنَكُمْ عَلَى نَحْوٍ مِمَّا أَسْمَعُ مِنْكُمْ فَمَنْ قَضَيْتُ لَهُ مِنْ حَقِّ أَخِيهِ شَيْئًا فَلاَ يَأْخُذْهُ فَإِنَّمَا أَقْطَعُ لَهُ قِطْعَةً مِنَ النَّارِ يَأْتِي بِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ " .
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Siz mening oldimga daʼvolashib kelasiz. Men ham faqat bir insonman. Balki baʼzingiz oʻz hujjatini boshqasidan koʻra chiroyliroq bayon qilar. Men esa sizdan eshitganimga qarab orangizda hukm chiqaraman. Kimga birodarining haqidan bir narsani hukm qilib bergan boʻlsam, uni olmasin. Chunki men unga doʻzaxdan bir boʻlakni kesib bergan boʻlaman, u qiyomat kunida shuni koʻtarib keladi», dedilar.