حَدَّثَنَا أَبُو بِشْرٍ، بَكْرُ بْنُ خَلَفٍ حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، عَنْ دَاوُدَ بْنِ أَبِي هِنْدٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ، قَالَ انْطَلَقَ بِهِ أَبُوهُ يَحْمِلُهُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ اشْهَدْ أَنِّي قَدْ نَحَلْتُ النُّعْمَانَ مِنْ مَالِي كَذَا وَكَذَا . قَالَ " فَكُلَّ بَنِيكَ نَحَلْتَ مِثْلَ الَّذِي نَحَلْتَ النُّعْمَانَ " . قَالَ لاَ . قَالَ " فَأَشْهِدْ عَلَى هَذَا غَيْرِي " . قَالَ " أَلَيْسَ يَسُرُّكَ أَنْ يَكُونُوا لَكَ فِي الْبِرِّ سَوَاءً " . قَالَ بَلَى . قَالَ " فَلاَ إِذًا " .
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Otasi uni koʻtargan holda Paygʻambar ﷺ huzurlariga olib bordi va: «Guvoh boʻling, men Nuʼmonga molimdan ancha-muncha narsani hadya qildim», dedi. U zot: «Sen barcha bolalaringga Nuʼmonga bergan narsangdek narsa berdingmi?» dedilar. U: «Yoʻq», dedi. U zot: «Unday boʻlsa, bunga mendan boshqani guvoh qil», dedilar. Soʻng: «Ularning barchasi senga yaxshilik qilishda teng boʻlishlari seni xursand qilmaydimi?» dedilar. U: «Albatta, xursand qiladi», dedi. U zot: «Unday boʻlsa, bunday qilma», dedilar.