حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ الأَعْلَى الصَّنْعَانِيُّ، حَدَّثَنَا مُعْتَمِرُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ حَنَشٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ يَطْلُبُ نَبِيَّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِدَيْنٍ أَوْ بِحَقٍّ فَتَكَلَّمَ بِبَعْضِ الْكَلاَمِ فَهَمَّ صَحَابَةُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَهْ إِنَّ صَاحِبَ الدَّيْنِ لَهُ سُلْطَانٌ عَلَى صَاحِبِهِ حَتَّى يَقْضِيَهُ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Allohning Paygʻambari ﷺdan qarz yoki haqqini talab qilib keldi va (dagʻal) gaplardan gapirdi. Shunda Rasululloh ﷺning sahobalari unga (qattiq javob berishga) qasd qildilar. Rasululloh ﷺ: «Boʻlaring! Albatta, qarz egasining qarzdor ustidan, u (qarzni) ado etmaguncha, hukmronligi (haqqi) bordir», dedilar.