حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بِشْرٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي الْجَنِينِ بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ أَمَةٍ فَقَالَ الَّذِي قُضِيَ عَلَيْهِ أَنَعْقِلُ مَنْ لاَ شَرِبَ وَلاَ أَكَلْ وَلاَ صَاحَ وَلاَ اسْتَهَلّ وَمِثْلُ ذَلِكَ يُطَلّ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ هَذَا لَيَقُولُ بِقَوْلِ شَاعِرٍ فِيهِ غُرَّةٌ عَبْدٌ أَوْ أَمَةٌ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ homila (jenin) toʻgʻrisida bir qul yoki choʻri (berish) bilan hukm qildilar. Shunda ustiga hukm chiqarilgan kishi: «Ichmagan, yemagan, qichqirmagan va tovush chiqarmagan jonzot uchun diya toʻlaymizmi? Bunday narsa bekor (hisobga olinmaydi)», dedi. Rasululloh ﷺ: «Bu kishi shoirlarning gapini gapiryapti-ku. (Homila uchun diya) bir qul yoki choʻridir», dedilar.