حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو خَالِدٍ الأَحْمَرُ، عَنْ حَجَّاجٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، أَنَّ حُوَيِّصَةَ، وَمُحَيِّصَةَ، ابْنَىْ مَسْعُودٍ وَعَبْدَ اللَّهِ وَعَبْدَ الرَّحْمَنِ ابْنَىْ سَهْلٍ خَرَجُوا يَمْتَارُونَ بِخَيْبَرَ فَعُدِيَ عَلَى عَبْدِ اللَّهِ فَقُتِلَ فَذُكِرَ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " تُقْسِمُونَ وَتَسْتَحِقُّونَ " . فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ نُقْسِمُ وَلَمْ نَشْهَدْ قَالَ " فَتُبْرِئُكُمْ يَهُودُ " . قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذًا تَقْتُلُنَا . قَالَ فَوَدَاهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ عِنْدِهِ .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Masʼudning ikki oʻgʻli Huvayyisa va Muhayyisa hamda Sahlning ikki oʻgʻli Abdulloh va Abdurrahmon Xaybarga oziq-ovqat olib kelish uchun chiqishdi. Abdullohga hujum qilinib, u oʻldirildi. Bu haqda Rasululloh ﷺga aytilgan edi, u zot: «Qasam ichib, (xunga) haqli boʻlasizlarmi?» dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, biz (voqeani) koʻrmagan boʻlsak, qanday qasam ichamiz?» deyishdi. U zot: «Unda yahudlar (aybsizligiga) qasam ichib, sizlardan tozalanishsinmi?» dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, unda ular bizni oʻldiradilar-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ uning xunini oʻz yonlaridan toʻladilar.