حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يَقُولُ مَرِضْتُ فَأَتَانِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَعُودُنِي هُوَ وَأَبُو بَكْرٍ مَعَهُ وَهُمَا مَاشِيَانِ وَقَدْ أُغْمِيَ عَلَىَّ فَتَوَضَّأَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَصَبَّ عَلَىَّ مِنْ وَضُوئِهِ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ أَصْنَعُ كَيْفَ أَقْضِي فِي مَالِي حَتَّى نَزَلَتْ آيَةُ الْمِيرَاثِ فِي آخِرِ النِّسَاءِ {وَإِنْ كَانَ رَجُلٌ يُورَثُ كَلاَلَةً} الآيَةَ وَ {يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِي الْكَلاَلَةِ} الآيَةَ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men kasal boʻlib qoldim, Rasululloh ﷺ meni koʻrgani keldilar, u zot bilan birga Abu Bakr ham bor edi, ikkovlari piyoda kelayotgan edilar. Men esa hushimni yoʻqotgan edim. Rasululloh ﷺ tahorat oldilar-da, tahorat suvidan menga sepdilar. Men: «Ey Rasululloh, qanday qilayin, molim haqida qanday hukm qilayin?» dedim. Nihoyat Niso surasining oxirida meros oyati nozil boʻldi: {Agar merosi olinadigan kishi kalola (ota-onasiz va farzandsiz) boʻlsa…} degan oyat va {Sendan fatvo soʻraydilar. Ayt: Alloh sizlarga kalola haqida fatvo beradi…} (Niso 176) degan oyat.