حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا دَيْلَمُ بْنُ غَزْوَانَ، حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ حَضَرْتُ حَرْبًا فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ رَوَاحَةَ يَا نَفْسِ أَلاَ أَرَاكِ تَكْرَهِينَ الْجَنَّهْ أَحْلِفُ بِاللَّهِ لَتَنْزِلِنَّهْ طَائِعَةً أَوْ لَتُكْرَهِنَّهْ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men bir jangda hozir boʻldim. Shunda Abdulloh ibn Ravoha: «Ey nafsim! Seni jannatni yoqtirmayotganingni koʻryapman. Alloh nomiga qasam ichamanki, sen unga, xohlab yoki xohlamay, albatta tushasan», dedi.