حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ مُحَمَّدٍ الصَّنْعَانِيُّ، حَدَّثَنَا أَبُو سَلَمَةَ الْعَامِلِيُّ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ لأَكْثَمَ بْنِ الْجَوْنِ الْخُزَاعِيِّ " يَا أَكْثَمُ اغْزُ مَعَ غَيْرِ قَوْمِكَ يَحْسُنْ خُلُقُكَ وَتَكْرُمْ عَلَى رُفَقَائِكَ يَا أَكْثَمُ خَيْرُ الرُّفَقَاءِ أَرْبَعَةٌ وَخَيْرُ السَّرَايَا أَرْبَعُمِائَةٍ وَخَيْرُ الْجُيُوشِ أَرْبَعَةُ آلاَفٍ وَلَنْ يُغْلَبَ اثْنَا عَشَرَ أَلْفًا مِنْ قِلَّةٍ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Aksam ibn Javn al-Xuzoiyga: «Ey Aksam, oʻz qavmingdan boshqalar bilan birga gʻazot qilgin, shunda axloqing goʻzallashadi va hamrohlaring oldida qadring ortadi. Ey Aksam, hamrohlarning eng yaxshisi toʻrtta, sariyyalarning eng yaxshisi toʻrt yuz kishilik, qoʻshinlarning eng yaxshisi toʻrt ming kishilik boʻladi. Oʻn ikki ming kishilik qoʻshin ozligi sababidan hech qachon magʻlub boʻlmaydi», dedilar.