حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالاَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ عِكْرِمَةَ بْنِ عَمَّارٍ، عَنْ إِيَاسِ بْنِ سَلَمَةَ بْنِ الأَكْوَعِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ غَزَوْنَا مَعَ أَبِي بَكْرٍ هَوَازِنَ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَنَفَّلَنِي جَارِيَةً مِنْ بَنِي فَزَارَةَ مِنْ أَجْمَلِ الْعَرَبِ عَلَيْهَا قِشْعٌ لَهَا فَمَا كَشَفْتُ لَهَا عَنْ ثَوْبٍ حَتَّى أَتَيْتُ الْمَدِينَةَ فَلَقِيَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي السُّوقِ فَقَالَ " لِلَّهِ أَبُوكَ هَبْهَا لِي " . فَوَهَبْتُهَا لَهُ فَبَعَثَ بِهَا فَفَادَى بِهَا أُسَارَى مِنْ أُسَارَى الْمُسْلِمِينَ كَانُوا بِمَكَّةَ .
Salama ibn al-Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ zamonlarida Abu Bakr bilan birga Havozin qabilasiga qarshi jang qildik. Shunda menga Fazora oʻgʻillaridan boʻlgan, arablarning eng goʻzallaridan biri boʻlgan, egnida oʻzining teri kiyimi bor bir kanizni inʼom qilib berishdi. Men Madinaga yetib kelgunimcha undan bironta kiyimni ochmadim (unga yaqinlashmadim). Nabiy ﷺ meni bozorda uchratib qolib: «Otang Alloh uchun boʻlsin, uni menga hadya qil», dedilar. Shunda men uni u zotga hadya qildim. U zot uni (Makkaga) yuborib, uning evaziga Makkada boʻlgan musulmon asirlardan bir qanchasini qutqarib oldilar.