حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ أَبِي سِنَانٍ، عِيسَى بْنِ سِنَانٍ عَنْ يَعْلَى بْنِ شَدَّادٍ، عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ، قَالَ صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ حُنَيْنٍ إِلَى جَنْبِ بَعِيرٍ مِنَ الْمَقَاسِمِ ثُمَّ تَنَاوَلَ شَيْئًا مِنَ الْبَعِيرِ فَأَخَذَ مِنْهُ قَرَدَةً - يَعْنِي وَبَرَةً - فَجَعَلَ بَيْنَ إِصْبَعَيْهِ ثُمَّ قَالَ " يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ هَذَا مِنْ غَنَائِمِكُمْ أَدُّوا الْخَيْطَ وَالْمِخْيَطَ فَمَا فَوْقَ ذَلِكَ فَمَا دُونَ ذَلِكَ فَإِنَّ الْغُلُولَ عَارٌ عَلَى أَهْلِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَشَنَارٌ وَنَارٌ " .
Uboda ibn as-Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Hunayn kunida bizga oʻlja tuyalaridan bir tuyaning yonida namoz oʻqib berdilar. Soʻng tuyadan bir narsani, yaʼni bir tola junni olib, uni ikki barmoqlari orasiga qoʻyib turib: «Ey odamlar, bu sizlarning oʻljalaringizdandir. Ipni ham, ignani ham, undan kattaroq va kichikroq narsani ham (baytulmolga) topshiringlar. Chunki oʻljadan oʻgʻirlik qilish (gʻulul) qiyomat kunida egasi uchun uyat, sharmandalik va oʻtdir», dedilar.