حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ إِدْرِيسَ، عَنْ حَسَنِ بْنِ فُرَاتٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ بَنِي إِسْرَائِيلَ كَانَتْ تَسُوسُهُمْ أَنْبِيَاؤُهُمْ كُلَّمَا ذَهَبَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ وَأَنَّهُ لَيْسَ كَائِنٌ بَعْدِي نَبِيٌّ فِيكُمْ " . قَالُوا فَمَا يَكُونُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ " تَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُوا " . قَالُوا فَكَيْفَ نَصْنَعُ قَالَ " أَوْفُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ أَدُّوا الَّذِي عَلَيْكُمْ فَسَيَسْأَلُهُمُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ عَنِ الَّذِي عَلَيْهِمْ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bani Isroilni paygʻambarlari boshqarardi. Har qachon bir paygʻambar ketsa, uning oʻrniga boshqa paygʻambar kelardi. Mendan keyin esa orangizda paygʻambar boʻlmaydi», dedilar. Ular: «Unda nima boʻladi, ey Rasululloh?» dedilar. U zot: «Xalifalar boʻladi va ular koʻpayadi», dedilar. Ular: «Biz qanday qilaylik?» deyishdi. U zot: «Avvalgisiga, soʻng undan keyingisiga bayʼatingizga vafo qilinglar. Zimmangizdagi haqni ado etinglar. Alloh azza va jalla ularni oʻz zimmalaridagi narsalar haqida soʻrar», dedilar.