حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، وَعَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا مَنْصُورُ بْنُ وَرْدَانَ، حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ الأَعْلَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي الْبَخْتَرِيِّ، عَنْ عَلِيٍّ، قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ {وَلِلَّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلاً}. قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ الْحَجُّ فِي كُلِّ عَامٍ فَسَكَتَ ثُمَّ قَالُوا أَفِي كُلِّ عَامٍ فَقَالَ " لاَ وَلَوْ قُلْتُ نَعَمْ لَوَجَبَتْ " . فَنَزَلَتْ {يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ تَسْأَلُوا عَنْ أَشْيَاءَ إِنْ تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ }.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «{Yoʻlga qodir boʻlgan kishiga Alloh uchun bu Baytni haj qilish farzdir} degan oyat nozil boʻlganda, ‹Ey Allohning Rasuli, haj har yili boʻladimi?› deb soʻrashdi. U zot ﷺ sukut qildilar. Soʻng ular: ‹Har yilimi?› dedilar. Shunda u zot ﷺ: ‹Yoʻq. Agar men ‹ha› desam, farz boʻlib qolardi›, dedilar. Keyin {Ey iymon keltirganlar! Sizlarga oshkor qilinsa, sizni gʻamgin qiladigan narsalar haqida soʻramanglar} degan oyat nozil boʻldi.»