حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ عُقْبَةَ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ، قَالَ أَفَضْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَلَمَّا بَلَغَ الشِّعْبَ الَّذِي يَنْزِلُ عِنْدَهُ الأُمَرَاءُ نَزَلَ فَبَالَ وَتَوَضَّأَ قُلْتُ الصَّلاَةَ . قَالَ " الصَّلاَةُ أَمَامَكَ " . فَلَمَّا انْتَهَى إِلَى جَمْعٍ أَذَّنَ وَأَقَامَ ثُمَّ صَلَّى الْمَغْرِبَ ثُمَّ لَمْ يَحِلَّ أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ حَتَّى قَامَ فَصَلَّى الْعِشَاءَ .
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bilan Arafadan qaytdim. U zot amirlar toʻxtaydigan togʻ yoʻliga yetganlarida toʻxtab, bavl qildilar va taharat oldilar. Men: ‹Namoz (vaqti boʻldimi)?› dedim. U zot: «Namoz oldingda», dedilar. Jamʼ (Muzdalifa)ga yetganlarida azon va iqoma aytib, shom namozini oʻqidilar. Soʻng odamlardan hech kim (tuyalarini) tushirmasdan turib, u zot turib xufton namozini oʻqidilar», dedi.