حَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ سَعِيدٍ الْمِصْرِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي أُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ، حَدَّثَنِي عَطَاءُ بْنُ أَبِي رَبَاحٍ، أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يَقُولُ قَعَدَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ بِمِنًى يَوْمَ النَّحْرِ لِلنَّاسِ فَجَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي حَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَذْبَحَ قَالَ " لاَ حَرَجَ " . ثُمَّ جَاءَهُ آخَرُ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي نَحَرْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ قَالَ " لاَ حَرَجَ " . فَمَا سُئِلَ يَوْمَئِذٍ عَنْ شَىْءٍ قُدِّمَ قَبْلَ شَىْءٍ إِلاَّ قَالَ " لاَ حَرَجَ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ nahr (qurbonlik) kuni Minada odamlar uchun oʻtirdilar. Bir kishi u zotning oldilariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, men qurbonlik soʻymasdan oldin sochimni oldirdim», dedi. U zot: «Zarari yoʻq», dedilar. Soʻng boshqasi kelib: «Ey Allohning Rasuli, men toshbozlik qilmasdan oldin qurbonlik soʻydim», dedi. U zot: «Zarari yoʻq», dedilar. Oʻsha kuni bir amalni boshqasidan oldin qilish haqida soʻralgan har bir narsaga u zot: «Zarari yoʻq», deb javob berdilar.