حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ عَبْدِ الْمَلِكِ، عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ خَرَجَ النَّبِيُّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ مِنْ عِنْدِي وَهُوَ قَرِيرُ الْعَيْنِ طَيِّبُ النَّفْسِ ثُمَّ رَجَعَ إِلَىَّ وَهُوَ حَزِينٌ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ خَرَجْتَ مِنْ عِنْدِي وَأَنْتَ قَرِيرُ الْعَيْنِ وَرَجَعْتَ وَأَنْتَ حَزِينٌ . فَقَالَ " إِنِّي دَخَلْتُ الْكَعْبَةَ وَوَدِدْتُ أَنِّي لَمْ أَكُنْ فَعَلْتُ إِنِّي أَخَافُ أَنْ أَكُونَ أَتْعَبْتُ أُمَّتِي مِنْ بَعْدِي " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ mening oldimdan xursand, koʻzlari quvongan va koʻngli xush holda chiqib ketdilar, soʻng gʻamgin holda oldimga qaytdilar. Men: «Yo Rasululloh, oldimdan koʻzlaringiz quvongan holda chiqib ketgan edingiz, gʻamgin holda qaytdingiz?» dedim. Shunda u zot: «Men Kaʼba ichiga kirdim va buni qilmaganimni orzu qildim. Chunki men bu bilan ummatimni oʻzimdan keyin mashaqqatga solib qoʻyishimdan qoʻrqaman», dedilar.