حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ وَهْبٍ، عَنْ ثَابِتِ بْنِ يَزِيدَ الأَنْصَارِيِّ، قَالَ كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَأَصَابَ النَّاسُ ضِبَابًا فَاشْتَوَوْهَا فَأَكَلُوا مِنْهَا فَأَصَبْتُ مِنْهَا ضَبًّا فَشَوَيْتُهُ ثُمَّ أَتَيْتُ بِهِ النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَأَخَذَ جَرِيدَةً فَجَعَلَ يَعُدُّ بِهَا أَصَابِعَهُ فَقَالَ " إِنَّ أُمَّةً فِي بَنِي إِسْرَائِيلَ مُسِخَتْ دَوَابَّ فِي الأَرْضِ وَإِنِّي لاَ أَدْرِي لَعَلَّهَا هِيَ " . فَقُلْتُ إِنَّ النَّاسَ قَدِ اشْتَوَوْهَا فَأَكَلُوهَا فَلَمْ يَأْكُلْ وَلَمْ يَنْهَ .
Sobit ibn Yazid al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan birga edik. Odamlar bir necha echkemarni tutib, ularni qovurib yeyishdi. Men ham ulardan bir echkemar tutib, uni qovurdim, soʻng uni Nabiy ﷺga olib keldim. U zot bir xurmo shoxini olib, u bilan barmoqlarini sanay boshladilar va: «Bani Isroildan bir ummat yer yuzidagi jonivorlarga aylantirilgan edi, men bu (echkemar) oʻshami-yoʻqmi bilmayman», dedilar. Men: «Odamlar uni qovurib yeyishdi», dedim. U zot uni yemadilar ham, qaytarmadilar ham.