حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، قَالاَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ زَيْدٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ مَرَرْنَا بِمَرِّ الظَّهْرَانِ فَأَنْفَجْنَا أَرْنَبًا فَسَعَوْا عَلَيْهَا فَلَغَبُوا فَسَعَيْتُ حَتَّى أَدْرَكْتُهَا فَأَتَيْتُ بِهَا أَبَا طَلْحَةَ فَذَبَحَهَا فَبَعَثَ بِعَجُزِهَا وَوَرِكِهَا إِلَى النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَبِلَهَا .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Marruzzahron degan joydan oʻtayotgan edik, bir quyonni hurkitib yubordik. Odamlar uning ketidan quvishdi, ammo charchab qolishdi. Men esa quvib borib, uni tutib oldim. Soʻng uni Abu Talha (roziyallohu anhu)ning oldiga olib keldim. U uni soʻydi va uning dumbasi bilan sonini Paygʻambar ﷺ ga yubordi, u zot uni qabul qildilar.