حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلاَمٌ فَقَالَ " شَغَلَنِي أَعْلاَمُ هَذِهِ اذْهَبُوا بِهَا إِلَى أَبِي جَهْمٍ وَائْتُونِي بِأَنْبِجَانِيَّتِهِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻzida naqshlari boʻlgan bir xamisada namoz oʻqidilar. Soʻng: «Bu narsaning naqshlari meni mashgʻul qilib qoʻydi. Uni Abu Jahmga olib boringlar va menga uning anbijoniyyasini olib kelinglar», dedilar.