حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ عَيَّاشٍ، عَنْ بَحِيرِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ خَالِدِ بْنِ مَعْدَانَ، عَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ مَعْدِيكَرِبَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " إِنَّ اللَّهَ يُوصِيكُمْ بِأُمَّهَاتِكُمْ - ثَلاَثًا - إِنَّ اللَّهَ يُوصِيكُمْ بِآبَائِكُمْ إِنَّ اللَّهَ يُوصِيكُمْ بِالأَقْرَبِ فَالأَقْرَبِ " .
Miqdom ibn Maʼdiykarib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh sizlarga onalaringizga yaxshilik qilishni tavsiya qiladi, — deb uch marta aytib, soʻng: — Albatta, Alloh sizlarga otalaringizga yaxshilik qilishni tavsiya qiladi. Albatta, Alloh sizlarga eng yaqin, soʻng undan keyingi yaqinlaringizga yaxshilik qilishni tavsiya qiladi», dedilar.