حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بِشْرٍ، حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ، حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِي رِشْدِينَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ جُوَيْرِيَةَ، قَالَتْ مَرَّ بِهَا رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ حِينَ صَلَّى الْغَدَاةَ أَوْ بَعْدَ مَا صَلَّى الْغَدَاةَ وَهِيَ تَذْكُرُ اللَّهَ فَرَجَعَ حِينَ ارْتَفَعَ النَّهَارُ - أَوْ قَالَ انْتَصَفَ - وَهِيَ كَذَلِكَ فَقَالَ " لَقَدْ قُلْتُ مُنْذُ قُمْتُ عَنْكِ أَرْبَعَ كَلِمَاتٍ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ هِيَ أَكْثَرُ وَأَرْجَحُ - أَوْ أَوْزَنُ - مِمَّا قُلْتِ سُبْحَانَ اللَّهِ عَدَدَ خَلْقِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ رِضَا نَفْسِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ زِنَةَ عَرْشِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ مِدَادَ كَلِمَاتِهِ " .
Juvayriya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bomdod namozini oʻqiganlarida yoki oʻqib boʻlganlaridan soʻng uning yonidan oʻtdilar, u esa Allohni zikr qilayotgan edi. Kun koʻtarilganida — yoki tushga yaqinlashganida — qaytib kelsalar, u hamon oʻsha holatda edi. Shunda u zot: «Men sening yoningdan turib ketganimdan beri sen aytganingdan koʻproq va ogʻirroq — yoki mezonda vaznliroq — boʻlgan toʻrt kalimani uch marta aytdim: ‹Subhanallohi adada xalqihi, subhanallohi rizoo nafsihi, subhanallohi zinata arshihi, subhanallohi midada kalimatihi› (Allohni Uning maxluqotlari soniga barobar poklayman, Allohni Oʻzi rozi boʻlguncha poklayman, Allohni Arshining ogʻirligicha poklayman, Allohni kalimalarining midodicha poklayman)», dedilar.