حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنِ الْمَعْرُورِ بْنِ سُوَيْدٍ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " يَقُولُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا وَأَزِيدُ وَمَنْ جَاءَ بِالسَّيِّئَةِ فَجَزَاءُ سَيِّئَةٍ مِثْلُهَا أَوْ أَغْفِرُ وَمَنْ تَقَرَّبَ مِنِّي شِبْرًا تَقَرَّبْتُ مِنْهُ ذِرَاعًا وَمَنْ تَقَرَّبَ مِنِّي ذِرَاعًا تَقَرَّبْتُ مِنْهُ بَاعًا وَمَنْ أَتَانِي يَمْشِي أَتَيْتُهُ هَرْوَلَةً وَمَنْ لَقِيَنِي بِقِرَابِ الأَرْضِ خَطِيئَةً ثُمَّ لاَ يُشْرِكُ بِي شَيْئًا لَقِيتُهُ بِمِثْلِهَا مَغْفِرَةً " .
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh tabaraka va taolo aytadi: ‹Kim bir yaxshilik qilsa, unga oʻn barobari, undan ham koʻprogʻi bordir. Kim bir yomonlik qilsa, uning jazosi shu yomonlikning oʻzichadir yoki kechiraman. Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir tirsak yaqinlashaman; kim Menga bir tirsak yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman; kim Menga yurib kelsa, Men unga shoshib boraman. Kim Menga yer toʻlasi xato bilan, ammo Menga hech narsani sherik qilmagan holda uchrashsa, Men unga shuncha magʻfirat bilan uchrashaman›», dedilar.