حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ يَزِيدَ الرَّقَاشِيِّ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ يُكْثِرُ أَنْ يَقُولَ " اللَّهُمَّ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ " . فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ تَخَافُ عَلَيْنَا وَقَدْ آمَنَّا بِكَ وَصَدَّقْنَاكَ بِمَا جِئْتَ بِهِ فَقَالَ " إِنَّ الْقُلُوبَ بَيْنَ إِصْبَعَيْنِ مِنْ أَصَابِعِ الرَّحْمَنِ عَزَّ وَجَلَّ يُقَلِّبُهَا " . وَأَشَارَ الأَعْمَشُ بِإِصْبَعَيْهِ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ koʻp marta: «Allohumma sabbit qolbiy alaa diinik» (Ey Alloh, qalbimni oʻz dining ustida sobit qilgin), deb aytar edilar. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, biz Sizga imon keltirdik va Siz keltirgan narsani tasdiqladik-ku, shunday boʻlsa ham biz haqimizda qoʻrqasizmi?» dedi. U zot: «Albatta, qalblar Rahmon azza va jallaning ikki barmogʻi orasidadir, ularni (istagancha) agʻdarib turadi», dedilar.