حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، أَنْبَأَنَا سَعِيدٌ الْجُرَيْرِيُّ، عَنْ أَبِي نَعَامَةَ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مُغَفَّلٍ، سَمِعَ ابْنَهُ، يَقُولُ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْقَصْرَ الأَبْيَضَ عَنْ يَمِينِ الْجَنَّةِ، إِذَا دَخَلْتُهَا . فَقَالَ أَىْ بُنَىَّ سَلِ اللَّهَ الْجَنَّةَ وَعُذْ بِهِ مِنَ النَّارِ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ يَقُولُ " سَيَكُونُ قَوْمٌ يَعْتَدُونَ فِي الدُّعَاءِ " .
Abdulloh ibn Mugʻaffal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U oʻgʻlining: «Ey Alloh, men Sendan jannatga kirsam, uning oʻng tomonidagi oq qasrni soʻrayman», deyayotganini eshitib qoldi. Shunda u: «Ey oʻgʻilcham, Allohdan jannatni soʻra va Undan doʻzaxdan panoh tila. Chunki men Rasululloh ﷺning: ‹Bir qavm boʻladiki, duoda haddan oshadilar›, deganlarini eshitganman», dedi.