حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ حُمَيْدِ بْنِ كَاسِبٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ سُهَيْلٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " إِذَا أَصْبَحْتُمْ فَقُولُوا اللَّهُمَّ بِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ نَحْيَى وَبِكَ نَمُوتُ وَإِذَا أَمْسَيْتُمْ فَقُولُوا اللَّهُمَّ بِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ نَحْيَى وَبِكَ نَمُوتُ وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Tongga chiqqaningizda: ‹Allohumma bika asbahna, va bika amsayna, va bika nahya, va bika namut (Ey Alloh, Sening yordaming bilan tongga chiqdik, Sening yordaming bilan kechga yetdik, Sening yordaming bilan yashaymiz va Sening yordaming bilan oʻlamiz)›, deng. Kechga kirganingizda esa: ‹Allohumma bika amsayna, va bika asbahna, va bika nahya, va bika namut, va ilaykal-masir (Ey Alloh, Sening yordaming bilan kechga yetdik, Sening yordaming bilan tongga chiqamiz, Sening yordaming bilan yashaymiz, Sening yordaming bilan oʻlamiz va qaytish Sengadir)›, deng», dedilar.