حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحٍ، عَنْ أَبِيهِ الْمِقْدَامِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ عَائِشَةَ، أَخْبَرَتْهُ أَنَّ النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ كَانَ إِذَا رَأَى سَحَابًا مُقْبِلاً مِنْ أُفُقٍ مِنَ الآفَاقِ تَرَكَ مَا هُوَ فِيهِ وَإِنْ كَانَ فِي صَلاَتِهِ حَتَّى يَسْتَقْبِلَهُ فَيَقُولُ " اللَّهُمَّ إِنَّا نَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا أُرْسِلَ بِهِ " . فَإِنْ أَمْطَرَ قَالَ " اللَّهُمَّ سَيْبًا نَافِعًا " . مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلاَثَةً وَإِنْ كَشَفَهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ وَلَمْ يُمْطِرْ حَمِدَ اللَّهَ عَلَى ذَلِكَ .
Oisha (roziyallohu anho) xabar berishicha, Nabiy ﷺ ufqlardan birortasidan bulut yaqinlashib kelayotganini koʻrsalar, hatto namozda boʻlsalar ham, oʻzlari mashgʻul boʻlgan ishni tark etib, unga yuzlanardilar va: «Allohumma innaa naʼuuzu bika min sharri maa ursila bihi (Ey Alloh, u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan Senga panoh tilaymiz)», deb aytardilar. Agar yomgʻir yogʻsa: «Allohumma sayyiban naafian (Ey Alloh, foydali yomgʻir qilgin)», deb ikki yoki uch marta aytardilar. Agar Alloh azza va jalla uni tarqatib yuborsa-yu, yomgʻir yogʻmasa, buning uchun Allohga hamd aytardilar.