حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ مُعَاذٍ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ إِذَا رَأَى مَخِيلَةً تَلَوَّنَ وَجْهُهُ وَتَغَيَّرَ وَدَخَلَ وَخَرَجَ وَأَقْبَلَ وَأَدْبَرَ فَإِذَا أَمْطَرَتْ سُرِّيَ عَنْهُ . قَالَ فَذَكَرَتْ لَهُ عَائِشَةُ بَعْضَ مَا رَأَتْ مِنْهُ فَقَالَ " وَمَا يُدْرِيكِ لَعَلَّهُ كَمَا قَالَ قَوْمُ هُودٍ {فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا هَذَا عَارِضٌ مُمْطِرُنَا بَلْ هُوَ مَا اسْتَعْجَلْتُمْ بِهِ } " . الآيَةَ
Oisha (roziyallohu anho) aytadi: Rasululloh ﷺ yomgʻir keltiradigandek koʻringan bulutni koʻrsalar, chehralari oʻzgarardi, kirib-chiqar, u yoq-bu yoqqa yurardilar. Agar yomgʻir yogʻsa, koʻngillari joyiga tushardi. Oisha u zotga koʻrgan holatining baʼzisini eslatdi. Shunda u zot: «Sen qayerdan bilasan, balki u Hud qavmi aytganiday boʻlar: {Bas, ular uni oʻzlarining vodiylariga yuzlanib kelayotgan bulut holida koʻrganlarida: ‹Bu bizga yomgʻir keltiradigan bulutdir›, dedilar. Yoʻq, u sizlar shoshiltirgan narsa (azob)dir}», dedilar. — oyat.