حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فِي حِجَّةِ الْوَدَاعِ " أَلاَ إِنَّ أَحْرَمَ الأَيَّامِ يَوْمُكُمْ هَذَا أَلاَ وَإِنَّ أَحْرَمَ الشُّهُورِ شَهْرُكُمْ هَذَا أَلاَ وَإِنَّ أَحْرَمَ الْبَلَدِ بَلَدُكُمْ هَذَا أَلاَ وَإِنَّ دِمَاءَكُمْ وَأَمْوَالَكُمْ عَلَيْكُمْ حَرَامٌ كَحُرْمَةِ يَوْمِكُمْ هَذَا فِي شَهْرِكُمْ هَذَا فِي بَلَدِكُمْ هَذَا أَلاَ هَلْ بَلَّغْتُ " . قَالُوا نَعَمْ . قَالَ " اللَّهُمَّ اشْهَدْ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Vidoʻ hajjida: «Ogoh boʻlinglar! Kunlarning eng hurmatlisi mana shu kuningizdir. Ogoh boʻlinglar! Oylarning eng hurmatlisi mana shu oyingizdir. Ogoh boʻlinglar! Shaharlarning eng hurmatlisi mana shu shahringizdir. Ogoh boʻlinglar! Sizlarning qonlaringiz va mollaringiz mana shu shahringizdagi, mana shu oyingizdagi, mana shu kuningiz hurmati kabi bir-biringizga haromdir. Ogoh boʻlinglar! Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishdi. U zot: «Allohim, guvoh boʻl!» dedilar.