حَدَّثَنَا رَاشِدُ بْنُ سَعِيدٍ الرَّمْلِيُّ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي غَالِبٍ، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ، قَالَ عَرَضَ لِرَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ رَجُلٌ عِنْدَ الْجَمْرَةِ الأُولَى فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الْجِهَادِ أَفْضَلُ فَسَكَتَ عَنْهُ فَلَمَّا رَأَى الْجَمْرَةَ الثَّانِيَةَ سَأَلَهُ فَسَكَتَ عَنْهُ فَلَمَّا رَمَى جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ وَضَعَ رِجْلَهُ فِي الْغَرْزِ لِيَرْكَبَ قَالَ " أَيْنَ السَّائِلُ " . قَالَ أَنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ " كَلِمَةُ حَقٍّ عِنْدَ ذِي سُلْطَانٍ جَائِرٍ " .
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Birinchi jamra oldida bir kishi Rasululloh ﷺ ga roʻpara boʻlib: «Ey Allohning Rasuli, qaysi jihod afzalroq?» dedi. U zot unga javob bermay jim turdilar. Ikkinchi jamraga yetganlarida, u yana soʻradi, u zot yana jim turdilar. Aqaba jamrasini otganlarida, minish uchun oyoqlarini uzangiga qoʻyib: «Soʻragan kishi qani?» dedilar. U: «Men, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Zolim hukmdor oldida aytilgan haq soʻzdir», dedilar.