حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، وَعَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنْ بُرَيْدِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " إِنَّ اللَّهَ يُمْلِي لِلظَّالِمِ فَإِذَا أَخَذَهُ لَمْ يُفْلِتْهُ " . ثُمَّ قَرَأَ {وَكَذَلِكَ أَخْذُ رَبِّكَ إِذَا أَخَذَ الْقُرَى وَهِيَ ظَالِمَةٌ} .
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta Alloh zolimga muhlat beradi. Uni ushlaganida esa qoʻyib yubormaydi», dedilar. Soʻng u zot: {Robbingning ushlashi mana shunaqadir. U zolim boʻlgan qishloqlarni ushlaganida ushlashi shunday} (Hud 102) oyatini oʻqidilar.