حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ الْجَهْضَمِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَرْوَانَ الْعُقَيْلِيُّ، حَدَّثَنَا عُمَارَةُ بْنُ أَبِي حَفْصَةَ، عَنْ زَيْدٍ الْعَمِّيِّ، عَنْ أَبِي صِدِّيقٍ النَّاجِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " يَكُونُ فِي أُمَّتِي الْمَهْدِيُّ إِنْ قُصِرَ فَسَبْعٌ وَإِلاَّ فَتِسْعٌ فَتَنْعَمُ فِيهِ أُمَّتِي نَعْمَةً لَمْ يَنْعَمُوا مِثْلَهَا قَطُّ تُؤْتَى أُكُلَهَا وَلاَ تَدَّخِرُ مِنْهُمْ شَيْئًا وَالْمَالُ يَوْمَئِذٍ كُدُوسٌ فَيَقُومُ الرَّجُلُ فَيَقُولُ يَا مَهْدِيُّ أَعْطِنِي فَيَقُولُ خُذْ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Mening ummatimda Mahdiy boʻladi. Agar uning muddati qisqa boʻlsa, yetti, boʻlmasa toʻqqiz yil boʻladi. Ummatim uning davrida hech qachon totmagan neʼmatni totadi. Yer oʻz hosilini beradi va ulardan hech narsani asrab qolmaydi. Oʻsha kunda mol uyum-uyum boʻladi. Bir kishi turib: ‹Ey Mahdiy, menga bergin!› deydi. U: ‹Ol›, deydi», dedilar.