حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يَحْيَى، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ صَدَقَةَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ مُرَّةَ، عَنْ أَيُّوبَ بْنِ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " إِنَّ أَغْبَطَ النَّاسِ عِنْدِي مُؤْمِنٌ خَفِيفُ الْحَاذِ ذُو حَظٍّ مِنْ صَلاَةٍ غَامِضٌ فِي النَّاسِ لاَ يُؤْبَهُ لَهُ كَانَ رِزْقُهُ كَفَافًا وَصَبَرَ عَلَيْهِ عَجِلَتْ مَنِيَّتُهُ وَقَلَّ تُرَاثُهُ وَقَلَّتْ بَوَاكِيهِ " .
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Menimcha, odamlarning eng havas qilinadigani — yuki yengil moʻmindir. U namozdan nasibador boʻlib, odamlar orasida koʻzga koʻrinmas, hech kim eʼtibor bermaydigan kishi boʻladi. Uning rizqi yetarli boʻlib, unga sabr qiladi, ajali tez keladi, merosi oz boʻlib, unga yigʻlovchilari kam boʻladi», dedilar.