حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ بْنِ حَبِيبٍ، حَدَّثَنَا الْمُعْتَمِرُ، سَمِعْتُ أَبِي، حَدَّثَنَا أَبُو عُثْمَانَ، عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، : أَنَّ رَجُلاً، أَتَى النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَذَكَرَ أَنَّهُ أَصَابَ مِنِ امْرَأَةٍ قُبْلَةً فَجَعَلَ يَسْأَلُ عَنْ كَفَّارَتِهَا فَلَمْ يَقُلْ لَهُ شَيْئًا فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ {وَأَقِمِ الصَّلاَةَ طَرَفَىِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِنَ اللَّيْلِ إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّيِّئَاتِ ذَلِكَ ذِكْرَى لِلذَّاكِرِينَ} فَقَالَ الرَّجُلُ : يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلِي هَذِهِ فَقَالَ : " هِيَ لِمَنْ عَمِلَ بِهَا مِنْ أُمَّتِي " .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ huzuriga keldi va bir ayolni oʻpib qoʻyganini aytdi. Soʻng u buning kafforati haqida soʻray boshladi, ammo u zot unga hech narsa demadilar. Shunda Alloh azza va jalla: {Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir qismida namozni toʻkis ado et. Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazur. Bu — eslovchilar uchun eslatmadir} degan oyatni nozil qildi. Haligi kishi: «Ey Allohning Rasuli, bu faqat menga xosmi?» dedi. U zot: «Bu ummatimdan kim shunga amal qilsa, oʻshanga tegishlidir», dedilar.