حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، حَدَّثَنَا صَدَقَةُ بْنُ خَالِدٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ جَابِرٍ، قَالَ سَمِعْتُ سُلَيْمَ بْنَ عَامِرٍ، يَقُولُ سَمِعْتُ عَوْفَ بْنَ مَالِكٍ الأَشْجَعِيَّ، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " أَتَدْرُونَ مَا خَيَّرَنِي رَبِّيَ اللَّيْلَةَ " . قُلْنَا اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ " فَإِنَّهُ خَيَّرَنِي بَيْنَ أَنْ يَدْخُلَ نِصْفُ أُمَّتِي الْجَنَّةَ وَبَيْنَ الشَّفَاعَةِ فَاخْتَرْتُ الشَّفَاعَةَ " . قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ ادْعُ اللَّهَ أَنْ يَجْعَلَنَا مِنْ أَهْلِهَا . قَالَ " هِيَ لِكُلِّ مُسْلِمٍ " .
Avf ibn Molik al-Ashjaʼiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Robbim bu kecha meni nima bilan ixtiyor qildirganini bilasizlarmi?» dedilar. Biz: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedik. U zot: «Albatta, U meni ummatimning yarmi jannatga kirishi bilan shafoat orasida ixtiyor qildirdi, men esa shafoatni tanladim», dedilar. Biz: «Ey Rasululloh, Allohga bizni ham uning {shafoat} ahlidan qilishini soʻrab duo qiling», dedik. U zot: «U har bir musulmon uchundir», dedilar.