حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، وَأَبُو مُعَاوِيَةَ عَنْ لَيْثٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْحَسَنِ، عَنْ أُمِّهِ، عَنْ فَاطِمَةَ بِنْتِ رَسُولِ اللَّهِ، ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ إِذَا دَخَلَ الْمَسْجِدَ يَقُولُ " بِسْمِ اللَّهِ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ " . وَإِذَا خَرَجَ قَالَ " بِسْمِ اللَّهِ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ فَضْلِكَ " .
Rasululloh ﷺning qizlari Fotima (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ masjidga kirganlarida: «Bismillah, vassalomu alo Rasulillah. Allohummagʻfir liy zunubiy vaftah liy abvoba rahmatik (Allohning nomi bilan, Allohning Rasuliga salom boʻlsin. Ey Alloh, gunohlarimni kechirgin va menga rahmating eshiklarini ochgin)», deb aytardilar. Chiqqanlarida esa: «Bismillah, vassalomu alo Rasulillah. Allohummagʻfir liy zunubiy vaftah liy abvoba fazlik (Allohning nomi bilan, Allohning Rasuliga salom boʻlsin. Ey Alloh, gunohlarimni kechirgin va menga fazling eshiklarini ochgin)», deb aytardilar.