حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ سَعِيدٍ الدَّارِمِيُّ، حَدَّثَنَا النَّضْرُ بْنُ شُمَيْلٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَبِي أَيُّوبَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ صَلَّيْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ الْمَغْرِبَ فَرَجَعَ مَنْ رَجَعَ وَعَقَّبَ مَنْ عَقَّبَ فَجَاءَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ مُسْرِعًا قَدْ حَفَزَهُ النَّفَسُ و قَدْ حَسَرَ عَنْ رُكْبَتَيْهِ فَقَالَ " أَبْشِرُوا هَذَا رَبُّكُمْ قَدْ فَتَحَ بَابًا مِنْ أَبْوَابِ السَّمَاءِ يُبَاهِي بِكُمُ الْمَلاَئِكَةَ يَقُولُ انْظُرُوا إِلَى عِبَادِي قَدْ قَضَوْا فَرِيضَةً وَهُمْ يَنْتَظِرُونَ أُخْرَى " .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan shom namozini oʻqidik. Soʻng qaytadigan kishi qaytdi, qoladigan kishi (namozni kutib) qoldi. Keyin Rasululloh ﷺ shoshib, nafaslari boʻgʻilib, tizzalari ochilgan holda kelib: «Xushxabar boʻlsin! Mana, Robbingiz osmon eshiklaridan birini ochib, sizlar bilan malaklar oldida faxrlanmoqda, U: ‹Bandalarimga qaranglar, ular bir farzni ado etib, boshqasini kutib turibdilar›, deyapti», dedilar.